«Fenerbahche» «Milan» hujumchisi Rafael Leauning transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Turkiya klubi portugaliyalik futbolchini 5 million yevroga ijaraga olishga va keyinchalik 40 million yevroga majburiy sotib olishga tayyor. Yana 2-3 million yevro «rossoneri» hisobiga bonuslar ko‘rinishida tushishi mumkin, deb xabar beradi jurnalist Daniele Longo. Avvalroq «Milan» 27 yoshli futbolchining sotuvidan taxminan 50-60 million yevro ishlab olmoqchi ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Rafael Leauning o‘zi ham hozircha «Fenerbahche» bilan kelishib olgani yo‘q: u mavsumga taxminan 12 million yevro maosh olmoqchi, shundan 2 million yevrosini turli bonuslar tashkil etadi.

Futbolchiga Turkiya chempionatining boshqa bir vakili — «Galatasaray» ham qiziqish bildirgan edi.

Manba: Stadion.uz