«Liverpul» tez orada Barkolya bo‘yicha birinchi taklifni yuboradi.
Ingliz klubi «PSJ» vingerini 80 million funtga baholamoqda. 23 yoshli fransiyalik futbolchi mersisaydliklar uchun ideal variant hisoblanadi, ammo ular ortiqcha pul to‘lashni istashmayapti, deb yozadi talkSPORT jurnalisti Ben Djeykobs.
Parijliklar Chempionlar Ligasining ikki karra g‘olibi bo‘lgan Barkolyaning narxi «Manchester Siti» va «Chelsi» mos ravishda 116 va 117 million funt to‘lagan Elliot Anderson hamda Morgan Rodjersdan qimmatroq turishi kerak deb hisoblashadi. «PSJ» o‘z o‘yinchisini 170 million yevroga (145 million funt) baholamoqda.
Qayd etilishicha, «qizillar» Barkolya bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida gapirishga hali erta.
O‘tgan mavsumda Bredli Liga 1 da 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0