«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Joan Garsiya yangi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni xohlashini aytdi.

— Ushbu mavsumda Chempionlar Ligasini yutish maqsadingiz bormi?

— Ha, albatta. Men «Barsa»da bir yildan beri o‘ynab kelyapman, La Liga va Ispaniya Superkubogini, endi esa terma jamoa bilan Jahon chempionatini ham qo‘lga kiritdim. 2026/27 yilgi mavsumdagi maqsadim — klublar o‘rtasidagi eng asosiy trofey bo‘lgan Chempionlar Ligasi. Men buni sabrsizlik bilan kutyapman va oldimga shunday maqsad qo‘yganman.

Ammo faqat shu narsaga yopishib olish ham kerak emas, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda salbiy oqibatlar juda og‘ir bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, maqsad va g‘alaba qozonish istagi juda muhim, chunki biz bunga to‘liq qodirmiz, — dedi Garsiya.

Manba: Stadion.uz