Randal Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytish arafasida.
Turin klubi 27 yoshli hujumchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish bo‘yicha «PSJ» bilan deyarli kelishib oldi, deb xabar beradi RMC Sport. Futbolchi yaqin 48 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Italiyaga yetib kelishi kutilmoqda.
Fransiyalik hujumchi 2024/2025 yilgi mavsumda ham «byankoneri» safida to‘p surgan edi. O‘tgan mavsumni u ijara asosida «Tottenxem»da o‘tkazib, APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0