Londonning «Arsenal» klubi «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresni sotib ololmagach, hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta muqobil sifatida «Barselona» napadayushiysi Ferran Torres nomzodini nishonga oldi. Ehtimoliy transfer transfer bozoridagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi, deb xabar beradi The Touchline ijtimoiy tarmoqlarda.

Ammo «Arsenal» boshqa klublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. «Atletiko» va «PSJ» ham Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, «Barselona» futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi va sentyabr oyida unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Avvalroq «PSJ» vakillari ehtimoliy transfer bo‘yicha Kataloniya klubi bilan bog‘lanishgan, ammo rasmiy taklif hali tushmagan.

2025/2026 yilgi mavsumda Ferran Torres La Ligada 16 ta gol urdi. Transfermarkt 26 yoshli ispaniyalik futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz