«Al-Hilol» himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Tuttosport ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. London klubi ehtimoliy transfer borasida futbolchining pozisiyasini bilish uchun uning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘ldi.
Teo Ernandes 2025 yilda «Milan»dan «Al-Hilol»ga 25 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda fransiyalik himoyachi saudiyaliklar tarkibida barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0