«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Vinisius Juniordan ko‘ra «Atletik» vingeri Niko Uilyams transferini afzal ko‘rmoqda.
ElNacional.cat ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Uilyamsning himoyadagi samaradorligi va transfer narxi arzonroq ekanini hisobga olib, u taktik jihatdan «kanonirlar»ga ko‘proq mos keladi deb hisoblamoqda. Nikoning o‘zi ham «Atletik»ni tark etishga qarshi emas.
Niko Uilyams «Atletik» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2035 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda vinger Bilbao klubi safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0