«Real» yarim himoyachisi Braim Dias «Milan»ga qaytishi mumkin.
Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, «rossoneri» ushbu yozda marokashlik futbolchini sotib olishga imkoniyati bor deb hisoblamoqda. Avvalroq futbolchiga «Liverpul» ham qiziqish bildirgan edi. Madrid klubiga Yan Diomandening tez orada ko‘chib o‘tishi sababli, agar «slivochnie» Dias bo‘yicha jozibador taklif olsa, uni ko‘rib chiqishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Braim Dias 2020 yildan 2023 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan. Marokashlik xavbekning «Real» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi tarkibida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0