Maurisio Pochettino AQSH erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Pochettino 2024 yilning sentyabr oyida JCH-2026 yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma asosida tayinlangan edi. Murabbiy musobaqa mezbonlarini o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga (1/16 final) olib chiqdi va pley-off yo‘llanmasini ta’minladi.

Sky Sports News ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda u klub futboliga qaytishni rejalashtirmayapti. Hozirda Pochettinoni AQSH terma jamoasi rulida 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar saqlab qolishni ko‘zda tutuvchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar kechmoqda.

Manba: Stadion.uz