Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 282 turniri ishtirokchilarining kafolatlangan gonorarlari ma’lum bo‘ldi. Musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilar o‘z chiqishlari orqali katta miqdordagi mablag‘larga ega chiqishdi.
Turnirning markaziy jangida rossiyalik sobiq UFC chempioni Magomed Ankalayevga qarshi oktagonga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 381 ming dollar kafolatlangan gonorarni qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, Bogdan ushbu jangga bor-yo‘g‘i 10 kun qolganida rozi bo‘lgan va munosib qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, beshinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergan edi. Uning raqibi Ankalayev esa bu jangdan 591 ming dollar ishlab oldi.
Kechaning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirov o‘z vazn toifasida reytingning 13-pog‘onasida borayotgan Stiv Ersegni birinchi raunddayoq dahshatli nokautga uchratdi. Ushbu yorqin g‘alabasi uchun Ramazon 136 ming dollar kafolatlangan gonorarga ega chiqdi.
Buning ustiga, Temirov turnirdagi yagona nokaut qayd etgani uchun tashkilot tomonidan qo‘shimcha 100 ming dollar bonus bilan ham taqdirlandi. Shu tariqa, Temirov UFCdagi o‘zining uchinchi jangidan umumiy hisobda 236 ming dollar ishlab oldi.
UFC Fight Night 282 turniri ishtirokchilarining to‘liq gonorarlari:
Magomed Ankalayev — 591 000 dollar
Bogdan Guskov — 381 000 dollar
Santyago Ponzinibbio — 271 000 dollar
Dastin Jeykobi — 266 000 dollar
Valter Uoker — 178 000 dollar
Ramazon Temirov — 136 000 dollar
Rizvan Kuniyev — 136 000 dollar
Tayrell Forchun — 118 000 dollar
Stiv Erseg — 91 000 dollar
Mayk Devis — 81 000 dollar
Nurullo Aliyev — 54 500 dollar
Muhammad Saidov — 53 000 dollar
Magomed Zaynukov — 28 000 dollar
Magomed Tuchalov — 28 000 dollar
Abubakar Vagayev — 28 000 dollar
Saygid Izagaxmayev — 18 000 dollar
Damian Rjepeski — 16 000 dollar.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0