Ispaniyalik sobiq himoyachi Jerar Pike hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning JCH-2026dagi o‘yinlari fonida ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi. Pike «Manchester Yunayted»da Ronaldu bilan, «Barselona»da esa Messi bilan birga o‘ynagan.

«Men uchun Messi va Ronaldu so‘nggi 15 yil davomida ajoyib va mutlaqo bir-biriga o‘xshamaydigan duel olib borishdi. O‘ylaymanki, bu ular faoliyatining so‘nggi yillari, ammo ushbu Jahon chempionatida ular hali ham juda yuqori darajadagi futbol ko‘rsatishga qodir ekanini ko‘rdik», — deydi Pikening so‘zlarini ESPN.

41 yoshli Ronaldu oltita turli Jahon chempionatida gol urgan dunyodagi ilk futbolchiga aylandi. U Portugaliya terma jamoasi bilan 1/8 finalgacha yetib bordi va u yerda bo‘lajak Jahon chempioni Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).

39 yoshli Messi JCH tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan edi, ammo turnir davomida bu unvonni fransiyalik Kilian Mbappega topshirdi. Shunga qaramay, Messi Jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi assistent, eng ko‘p g‘alaba qozongan (29) va eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (34) futbolchi sifatida qolmoqda.

Manba: Stadion.uz