«Bavariya» sport direktori Maks Eberl Myunxen klubi bu yozda boshqa transferlarni amalga oshirmasligini aytdi.

«Bu yozda «Bavariya»ning transferlari haqidagi mish-mishlarni o‘qiganimda har safar jilmayib qo‘yardim. Biz kampaniyamizni juda tez yakunladik — Nataniel Braun va Ismael Saybari bilan shartnoma imzoladik. Men transfer kampaniyasini yakunlaganimiz hammaga aniq bo‘ldi deb o‘ylagandim. Klubimiz bilan qaysi nomlarni bog‘lashganini ko‘rib jilmaymasdan iloj yo‘q edi. Bu mish-mishlarda zarracha haqiqat yo‘q», — dedi Eberl matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Nataniel Braunni «Ayntraxt»dan sotib oldi, Ismael Saybari esa Myunxen klubiga PSVdan ko‘chib o‘tdi.

Manba: Stadion.uz