«Srvena Zvezda» Deyan Stankovichdan keyin jamoa bosh murabbiyi lavozimiga kimni tayinlashini hal qildi.

Direktno ma’lumotiga ko‘ra, jamoani ispaniyalik Albert Riyera boshqaradi. Kelishuv yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi. Bu ma’lumot boshqa manbalarda ham tasdiqlangan. 

44 yoshli Riyeraning so‘nggi ish joyi Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bo‘lgan. U jamoani 2026 yil fevral oyidan mayiga qadar boshqargan.

Chorshanba kuni «Srvena Zvezda» Chempionlar ligasi 3-saralash bosqichida «Xapoel» jamoasiga qarshi bahslarda (0:1, 0:2) mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketdi va shundan so‘ng bosh murabbiy Stankovichning iste’fosini e’lon qildi.

Manba: Stadion.uz