«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Real»dan ketgan Krishtianu Ronalduning o‘z klubida to‘p tepa olmasligini aytdi.

Ronaldu «Madrid» safida 2009 yildan 2018 yilgacha o‘ynagan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan (450 gol).

2022 yilda Krishtianu ikkinchi marta «Manchester Yunayted»dan ketganida, uning «Atletiko»ga ehtimoliy transferi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

«Ronaldu, shubhasiz, fantastik futbolchi, ammo u “Atletiko”da o‘ynay olmasdi.

Har qanday jamoa uning darajasidagi futbolchiga ega bo‘lishdan xursand bo‘lardi. Ammo uning buyukligini tan olish boshqa, uni “Atletiko” libosida tasavvur qilish esa butunlay boshqa masala», — dedi Sereso Super nashriga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz