«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda (2:1) Magnes Akliushning harakatlariga baho berdi.
«O‘ylaymanki, u o‘zini asosiy tarkibda ko‘rganida hayron bo‘lgan. O‘yindan oldin u bilan gaplashdim va: “Bilaman, sen hali to‘liq formaga kirmagansan, ammo birinchi bo‘limni o‘tkazasan, keyin seni almashtiraman”, — dedim.
Magnes ajoyib o‘ynadi — men uni “Monako”da aynan shunday ko‘rgan edim. U mahorati va xarakterini namoyish etdi.
U uchun juda xursandman. Endi uning katta sovrini bor. Yangi futbolchilarimizdan mamnunman», — dedi Enrike.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0