«Napoli» markaziy himoyachi Benua Badyashil transferi shartlari bo‘yicha «Chelsi» bilan kelishib olishga harakat qiladi.
Insayder Nikolo Skira eksklyuziv ma’lumotida xabar berishicha, klublar o‘rtasidagi yangi muzokaralar bugun, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Neapolliklar fransuz futbolchisini 20 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishga tayyor. «Ko‘klar» esa futbolchini to‘liq transfer qilish imkoniyati uchun 30 million yevro so‘ramoqda.
Tomonlar 25–27 million yevro atrofida kelishuvga erishishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0