«Barselona» himoyachi Jyul Kunde bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» fransuz futbolchisining kelasi mavsumda ham o‘zining asosiy pozisiyasi — markaziy himoyada jamoaga katta foyda keltirishiga ishonmoqda.
Ayniqsa, Ronald Arauxo jamoadan ketganidan keyin bu pozisiyada Kundening ahamiyati yanada oshishi kutilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jyul Kundening Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi haqida faol gap-so‘zlar tarqalmoqda. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0