«Xall» Lukas Xerrington transferini e’lon qildi.

18 yoshli himoyachi Angliya klubiga «Kolorado Repids»dan o‘tib, 5 yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 17 million dollarni tashkil etgan, amerikaliklar yana 6 million dollargacha bonus olishi mumkin. Transferning umumiy qiymati bonuslar bilan 23 million dollarga yetishi mumkin.

2026 yilgi MLS mavsumida Xerrington 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Manba: Stadion.uz