Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning 19 yoshli himoyachisi Maykl Lyuis-Skelli haqida fikr bildirdi.

"U juda hissiyotga beriluvchan futbolchi. Esingizdami, u maydonda barcha ishoralarni qilardi. Men hech qanday mish-mishlar haqida gapirmoqchi emasman.

Agar futbolchilarimiz haqida gapirishsa, bu yaxshi belgi. Demak, biz e’tiborni tortyapmiz", — deya Artetaning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

Manba: Stadion.uz