«Manchester Siti» yarim himoyachisi Tijjani Reynders uchun Saudiya Arabistoni klublaridan biri 60 million yevro taklif qildi.
Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunjio‘g‘lu xabar berdi.
Avvalroq niderlandiyalik futbolchi «Nottingem Forest»ga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. «Shaharliklar» esa xavbekni 55 million funtga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Reynders APLda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0