O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri bugun, 13 avgust kuni «Andijon» va «Neftchi» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Bahs Andijon shahridagi «Bobur Arena»da soat 19:00 da start oladi. Uchrashuvni Futbol TV telekanali orqali tomosha qilish mumkin.
O‘zPFL taqdim etgan statistikaga ko‘ra, «Andijon» va «Neftchi» shu kunga qadar o‘zaro 53 marta to‘qnash kelgan. Tarixiy natijalar bo‘yicha farg‘onaliklar katta ustunlikka ega.
«Neftchi» 53 ta uchrashuvning 36 tasida g‘alaba qozongan. «Andijon» esa raqibini 9 marta mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. Yana 8 ta bahsda g‘olib aniqlanmagan.
Gollar nisbatida ham «Neftchi»ning ustunligi yaqqol ko‘rinadi. Farg‘ona klubi o‘zaro uchrashuvlarda «Andijon» darvozasiga 103 ta gol urgan bo‘lsa, andijonliklar 42 marta javob qaytargan.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda «Andijon» qayd etgan eng yirik g‘alaba 3:1 hisobida bo‘lgan. «Neftchi»ning eng katta g‘alabasi esa 7:1 hisobida qayd etilgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0