«Manchester Yunayted» himoyachisi Nussair Mazraui «Barselona»dagi ijara muddatidan so‘ng ingliz klubiga qaytgan Markus Reshfordning kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Barselona» 28 yoshli angliyalik futbolchini to‘liq sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qildi. Reshford esa yaqinda ta’tildan qaytib, «Manchester Yunayted» ixtiyoriga kelib qo‘shildi.
«Reshford bu mavsumda jamoamiz uchun muhim kuchga aylanishi mumkin. Albatta, agar u klubdan ketmasa», — deya Mazrauining so‘zlarini keltiradi CentreDevils.
O‘tgan mavsumda Markus Reshford «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va yana 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vingerning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0