"Monako" hujumchisi Folarin Baloguning transfer qiymati ma’lum bo‘ldi.

L'Équipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik hujumchiga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi — "Nyukasl" va "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Tottenxem" allaqachon futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki aloqalarni amalga oshirgan. Muzokaralar jarayonida "Monako" Baloguni taxminan 60 million yevroga sotishga tayyor ekani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, 25 yoshli futbolchiga Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hamda Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Balogu o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida "Monako" safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz