«Xall» senegallik himoyachi Nobel Mendi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

21 yoshli futbolchining avvalgi jamoasi «Rayo Valyekano» edi. Mendi Ispaniya klubi safida 2025 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «Rayo Valyekano» tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Mendi faoliyati davomida, shuningdek, «Betis» va «Parij» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Transfermarkt portali Senegal terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 7,5 million yevroga baholamoqda. Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Xall» Mendi transferi uchun 23,4 million yevro to‘lagan.

Manba: Stadion.uz