«Ipsvich» «Strasbur» hujumchisi Xulio Ensisoni transfer qilish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport Witness xabar berdi.

Kutilishicha, 22 yoshli paragvaylik futbolchi yaqin soatlarda «Ipsvich» ixtiyoriga yetib boradi va shundan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Jurnalist Markos Gonsales ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 27 milliondan 30 million yevrogacha bo‘ladi. Ensisoning Angliya klubi bilan shartnomasi esa 2031 yil iyuniga qadar amal qilishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda hujumchi «Strasbur» safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ensiso «Ipsvich» klubini avvaldan yaxshi biladi — u ilgari ushbu jamoada ijara asosida to‘p surgan.

Shuningdek, futbolchi Paragvay milliy terma jamoasi safida 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urgan.

Manba: Stadion.uz