«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
«Lamin Yamal qaytdi. Uyga xush kelibsan, jahon chempioni!» — deyiladi «Barselona»ning futbolchi surati ostidagi xabarida.
Shuningdek, Dani Olmo, Pau Kubarsi va Pedri ham jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi.
Qayd etilishicha, ko‘plab futbolchilar jahon chempionatida ishtirok etgani sabab 2026/27 yilgi mavsumga tayyorgarlikni odatdagidan kechroq boshlamoqda.
«Barselona» yangi La Liga mavsumidagi ilk uchrashuvini 23 avgust, yakshanba kuni o‘tkazadi. Xans-Diter Flik shogirdlari safarda «Elche»ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0