«Barselona» vingeri Runi Bardji muvaffaqiyatli operasiya qilindi. 20 yoshli futbolchi tizzaning old xochsimon bog‘lami uzilishi sabab jarrohlik amaliyotini o‘tashga majbur bo‘ldi.

Operasiya Barselonadagi shifoxonalardan birida klub tibbiy xizmati nazorati ostida o‘tkazildi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar berdi.

«Barselona» hozircha Bardjining tiklanish muddati bo‘yicha aniq ma’lumot bermagan. Biroq futbolchining uzoq vaqt maydonga tusha olmasligi aniq.

Avvalroq matbuotda Runi Bardgji taxminan 6-7 oydan so‘ng safga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, old xochsimon bog‘lam jarohatidan keyingi tiklanish jarayoni ayrim holatlarda bundan ham uzoqroq davom etishi mumkin.

Manba: Stadion.uz