«Liverpul» rahbariyati transfer oynasi yopilguniga qadar bir yo‘la ikki nafar vingerni qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bunday ssenariy Kodi Gakpo «Tottenxem»ga o‘tgan taqdirda amalga oshishi mumkin.

Ayni paytda «Liverpul» «PSJ» bilan Bredli Barkola transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, mersisaydliklar yana bir qanot hujumchisini ham sotib olish ehtimolini istisno qilmayapti.

«Liverpul»ning transfer ro‘yxatidan Ibraim Mbaye ham joy olgan. Biroq hozircha futbolchining narxi klub uchun juda yuqori deb hisoblanmoqda.

O‘tgan mavsumda «Liverpul» Angliya Premyer-ligasini 60 ochko bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.

Yangi mavsumda «qizillar» ilk uchrashuvini 23 avgust kuni safarda «Nyukasl»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: Stadion.uz