«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng yaqinda jamoa mashg‘ulotlariga qaytgan Lisandro Martines, Kobbi Maynu va Markus Reshfordning holati haqida ma’lumot berdi.
«Ularning holati yaxshi. Ular mashg‘ulotlardan juda uzoq vaqt chetda qolishmadi — bor-yo‘g‘i uch haftacha.
Agar bu mavsum davomida bo‘lganida, katta muammo hisoblanmasdi. Ammo hozir mavsumoldi tayyorgarligi bo‘lgani uchun, ular ta’tilga chiqib, endi ortga qaytgani yaqqolroq seziladi.
Shunga qaramay, deyarli barchasi yaxshi jismoniy holatda. Endi asosiy vazifa hafta davomida yuklamani to‘g‘ri taqsimlash va futbolchilarning aksariyatini uchta o‘yinga turli shaklda jalb qilishdan iborat.
Shanba kuni ko‘proq o‘yin amaliyotiga muhtoj futbolchilarga kattaroq yuklama beriladi. Bu esa «Xall»ga qarshi o‘yin oldidan yaxshi mashg‘ulot haftasini o‘tkazishimizga yordam beradi», — dedi Kerrik.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0