Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yosh o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fortning klubdan ketish jarayonini tezlashtirmoqda.

O‘tgan mavsumni «Elche»da ijara asosida o‘tkazgan 20 yoshli futbolchiga bosh murabbiy Xans-Diter Flik uning yangi mavsum rejalariga kirmasligini ma’lum qilgan. Nemis mutaxassisi o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida Xavi Espartga ko‘proq ishonch bildirmoqda.

Hozirda Fort alohida tartibda mashg‘ulot olib bormoqda. Bu qaror Runi Bardjining old xochsimon bog‘lamidan olgan og‘ir jarohatidan so‘ng ehtimoliy jarohat xavfini kamaytirish maqsadida qabul qilingan.

Futbolchi va uning agentlari Fortning keyingi rivojlanishi uchun qulayroq bo‘lgan yangi klub variantlarini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, Ektor Fortga «Inter», «Liverpul», «Fulxem» va «Everton» qiziqish bildirgan.

Shu bilan birga, futbolchining «Elche»ga qaytishi varianti kun tartibidan chiqarilgan.

Manba: Stadion.uz