«Chelsi» Enso Fernandesning kelajagi bilan bog‘liq noaniqlikka yangi Premyer-liga mavsumi boshlanishidan oldin barham berishni istamoqda. London klubining ilk uchrashuviga ikki haftadan ham kam vaqt qolgan.
The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» argentinalik yarim himoyachining narxini boshidanoq 120 million funt qilib belgilagan. Klubning «Manchester Siti»ga pozisiyasi aniq: yoki talab qilinayotgan summa to‘lanadi, yoki transferdan voz kechiladi.
«Ko‘klar» ushbu vaziyat transfer oynasining so‘nggi haftalarigacha cho‘zilib ketishini ham istamayapti. Chunki bunday holatda Enso ketsa, uning o‘rniga munosib futbolchi topish uchun juda kam vaqt qoladi.
«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso lavozimga kirishganidan so‘ng Fernandes bilan suhbatlashgan. Ispaniyalik mutaxassis yarim himoyachini o‘z rejalariga kiritishga tayyor.
Klub ham o‘tgan mavsum oxirida yuzaga kelgan vaziyatlarga qaramay, Argentina terma jamoasi futbolchisini tarkibga qaytarish va undan foydalanishga qarshi emas.
«Chelsi» rahbariyati Fernandes Xabi Alonso qo‘l ostida o‘z salohiyatini yanada to‘liq namoyon qila olishiga ishonmoqda va futbolchining kelajagi atrofidagi mish-mishlarga imkon qadar tezroq nuqta qo‘yishni istaydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0