Chorshanba, 12 avgust kuni «PSJ» UYEFA Superkubogi-2026 uchun kechgan o‘yinda «Aston Villa»ni mag‘lub etdi (2:1). Parijliklarning markaziy himoyachisi va sardori Markinyos uchun bu jamoa tarkibidagi 40-trofey bo‘ldi.
32 yoshli braziliyalik «PSJ» bilan birga Liga 1 (11), Fransiya kubogi (8), Liga kubogi (6), Fransiya Superkubogi (10), Chempionlar ligasi (2), UYEFA Superkubogi (2) va Qit’alararo kubokni (1) qo‘lga kiritgan. Futbolchi klub tarixidagi eng sovrindor o‘yinchi hisoblanadi.
Markinyos uchun ushbu kubok faoliyatidagi 41-titul bo‘ldi. Shu tariqa, futbol tarixidagi sovrinlar soni bo‘yicha braziliyalik Dani Alvesga (41) yetib oldi va faqat Lionel Messidan (45) ortda qolmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0