Fransiya futbol federasiyasi yangi bosh murabbiy Zinedin Zidan tomonidan shakllantirilgan milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tarkibini e’lon qildi.
23 kishidan iborat ro‘yxatdan 1998 yilgi jahon chempioni Fabyen Bartez ham o‘rin oldi. U darvozabonlarni shug‘ullantiradi. Zidanning yordamchisi bo‘lib «Real Madrid»da u bilan birga ishlagan David Bettoni tayinlandi.
Shuningdek, Gregori Dyuponning strategiya va samaradorlik bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlanganini ta’kidlash mumkin. Ushbu mutaxassis Didye Desham davrida ham jamoaga yordam bergan va «Real»da ham faoliyat yuritgan.
25 sentyabr kuni Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Ularning raqibi Turkiya bo‘ladi. Shuningdek, fransuzlar bilan bir guruhdan belgiyaliklar va italiyaliklar o‘rin olishgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0