Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot jarohat sabab yangi mavsum boshlanishini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi o‘tgan haftada mashg‘ulotlardan birini muddatidan oldin tugatishga majbur bo‘lgan va shundan so‘ng Janubiy Koreyadagi turnega bormagan boshqa o‘yinchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmagan. Norvegiyalik futbolchida mushak jarohati aniqlangan bo‘lib, shu sababli u mavsum startidagi bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

«Atletiko» 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk o‘yinini 19 avgust kuni o‘tkazadi. Diyego Simeone jamoasi La Liganing 1-turida «Malaga»ni qabul qiladi.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli Syorlot Ispaniya chempionatida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.

Manba: Stadion.uz