«Monako» Lamin Kamarani «Kristal Pelas»ga sotishdan bosh tortdi. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, APL klubi senegallik yarim himoyachi uchun 35 million funtdan ortiq mablag‘ taklif qilgan, ammo monegasklar bu so‘rovni rad etishgan.

Ta’kidlanishicha, Kamaraning transferi «Kristal Pelas» tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin edi.

O‘tgan mavsumda Kamara Liga 1 ning 24 ta o‘yinida 3 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, shuningdek, Senegal terma jamoasining JCH-2026 dagi barcha to‘rtta o‘yinida ishtirok etdi.

Manba: Stadion.uz