«PSJ» prezidenti Nasser Al-Xelayfi UYEFA Superkubogidagi g‘alabadan so‘ng hujumchi Bredli Barkolaning kelajagi haqida gapirdi. 12 avgust kuni «PSJ» trofey uchun kechgan o‘yinda «Aston Villa»ni mag‘lub etdi, «Liverpul»ga o‘tishi aytilayotgan Barkola esa bahsda ishtirok etmadi.
Canal Plus telekanaliga bergan intervyusida Al-Xelayfi futbolchining mumkin bo‘lgan ketishi haqidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan qochdi:
«Biz xotirjam ishlayapmiz, kam gapiramiz, ammo ko‘p ish qilamiz. Uning ketish-ketmasligini ayta olmayman… Bugungi kunda u «PSJ» o‘yinchisi. Ko‘ramiz!»
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0