«Lasio» argentinalik hujumchi Mauro Ikardini taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rim klubi sport direktori Anjelo Fabiani 33 yoshli futbolchi bilan allaqachon muloqot qildi, deb xabar bermoqda Sky Sport.

Ikardi «Galatasaray» bilan shartnomasi tugagach, iyul oyidan beri erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. «Lasio» argentinalik futbolchining faoliyatini Rimda davom ettirishga tayyorligini bilmoqchi.

Igrokning moliyaviy talablari asosiy to‘siqlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Ikardi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubdan taklif olishni xohlayapti.

«Galatasaray»dan tashqari, Ikardi «Inter», «PSJ» va «Sampdoriya» sharafini himoya qilgan, Italiya hamda Turkiya chempionatlarida eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan. O‘tgan mavsumda u 47 ta o‘yinda 16 ta gol urdi va 3 ta rezultativ uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz