«Barselona» haqiqatan ham «Betis»ning markaziy himoyachisi Natanga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 25 yoshli braziliyalik futbolchining vakili Andre Kyuri ma’lum qildi.

««Barselona» men bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langani yo‘q, ammo o‘z qiziqishi haqida «Betis» rahbariyatiga xabar bergan», — deya agentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Footmercato.

Kataloniyaliklar Ronald Arauxoning «Liverpul»ga ijara asosida o‘tganidan so‘ng himoyani mustahkamlash uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqishmoqda.

«Agar «Betis» yaxshi taklif olsa, o‘ylashimcha, u ketishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi Kyuri.

Natan 2024 yildan beri «Betis» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Ispaniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, himoyachi jamoa safida jami 97 ta o‘yin o‘tkazgan (o‘tgan mavsumda 45 ta o‘yin, 1 ta golli uzatma va 14 ta ogohlantirish). Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz