«Barselona»ga o‘tishni xohlayotgan hujumchi Xulian Alvaresning bayonotlari «Atletiko» futbolchilarining g‘azabini keltirdi.

«Matraschilar» sardori Koke argentinalik futbolchiga ishqibozlar va Madrid klubining har bir a’zosidan kechirim so‘rashni maslahat berdi. Jamoadagilarning bari Alvaresning ketish istagini tushunib turishibdi, biroq uning amaldagi shartnomasi bor, shu sababli klubdagilar fikricha, hozirda uning asosiy ustuvorligi «Atletiko» bo‘lib qolishi kerak.

Manba: Stadion.uz