«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes yaqin kunlarda klubini o‘zgartirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, «Manchester Siti» Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bunda «shaharliklar» transfer xarajatlarining katta qismini Rodri Ernandes va Tijani Reyndersning sotuvi hisobidan qoplashlari mumkin.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska argentinalik futbolchi bilan qayta birlashmoqchi, ammo buning uchun klub rahbariyati juma kuni kechgacha «ko‘klar»ga rasmiy taklif yuborishi kerak — «Chelsi»ning sharti shundan iborat. London klubi o‘z yulduzini 140 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0