Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Matis Tel joriy yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli fransuzning taklifiga «Galatasaroy» va «Portu» qiziqish bildirmoqda. Turkiya chempioni «shporlar»ga futbolchini 24,6 mln yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish uchun taxminan uch million yevro taklif qilgani ta’kidlanmoqda. Portugaliya klubi ham hujumchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ishoniladigan bo‘lsa, Telning o‘zi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlagani uchun «Tottenxem»dan ketishni talab qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda «Galatasaroy» futbolchi uchun eng ma’qul variant bo‘lib turibdi.
O‘tgan mavsumda Tel barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0