«Manchester Siti» belgiyalik qanot hujumchisi Jeremi Doku bilan hamkorlik uzaytirilganini e’lon qildi. Futbolchi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Bu haqda «shaharliklar» matbuot xizmati rasmiy saytda xabar berdi.

Doku Angliya jamoasi sharafini 2023 yildan beri himoya qilib kelmoqda. «Manchester Siti» tarkibida 24 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 34 ta rezultativ uzatmani amalga oshirdi. Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Doku Fransiyaning «Renn» va Belgiyaning «Anderlext» klublarida o‘ynagan.

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 21 avgust kuni boshlanadi.

Manba: Stadion.uz