2027 yilda Ispaniya Superkubogi o‘yinlari Saudiya Arabistonida emas, Turkiyada o‘tkaziladi. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, yangi mavsumda turnir odatdagi yanvar sanalari o‘rniga 2–7 fevral kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Sovrin uchun an’anaga ko‘ra to‘rtta jamoa — «Barselona», «Real», «Atletiko» va «Real Sosyedad» kurash olib boradi.

O‘tgan mavsumda Ispaniya Superkubogi egasi «Barselona» bo‘lgan edi. Xans-Diter Flik jamoasi yarim finalda «Atletik»ni tor-mor etgan (5:0), so‘ng «Real»ni mag‘lub etgan edi (3:2). Ta’kidlash joizki, kataloniyaliklar ketma-ket ikkita Superkubok turnirida zafar quchishdi.

Manba: Stadion.uz