La Liga matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab Ispaniya oliy divizionining barcha o‘yinlarida ichiga maxsus datchiklar o‘rnatilgan to‘plardan foydalaniladi. Shu tariqa, La Liga bunday texnologiyani doimiy asosda amaliyotga tatbiq etgan dunyodagi birinchi milliy chempionatga aylanadi.
Tizim VAR hamda ofsaydni yarim avtomatik aniqlash tizimi bilan integrasiya qilinadi. Puma’ning rasmiy to‘piga o‘rnatilgan Kinexon datchigi to‘pning harakati haqidagi ma’lumotlarni uzatadi va futbolchining to‘pga tekkan aniq lahzasini qayd etish imkonini beradi.
Ushbu texnologiya hakamlarga ofsayd, qo‘l bilan o‘yin, rikoshet va burchak to‘plarini aniqlashda yordam beradi. 2027/28 yilgi mavsumdan esa bu tizimni Segundada ham joriy etish rejalashtirilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0