«Barselona» 45,6% ehtimol bilan titul uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rinda «Real» (31%), uchinchi o‘rinda esa «Atletiko» (8,6%) bormoqda. Top-5 likdan shuningdek «Vilyarreal» (3,3%) va «Betis» (2,1%) joy olgan.

«Deportivo» 29,2% ehtimol bilan mavsum yakunlariga ko‘ra ligani tark etishga eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Quyi ligaga tushib ketishga asosiy da’vogarlar qatoridan shuningdek «Elche» (28,4%) va «Sevilya» (27,7%) o‘rin olgan.

Manba: Stadion.uz