«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini Turkiyada davom ettirish variantidan voz kechdi. So‘nggi kunlarda 29 yoshli braziliyalik futbolchiga Superliganing nomi oshkor qilinmagan ikki klubi qiziqish bildirgan edi, ammo u takliflarga rad javobini berdi.
Avvalroq Jezusning «Napoli»ga o‘tishga rozilik bergani va Neapol klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi mumkinligi xabar qilingandi.
«Arsenal» braziliyalik hujumchini boshqa klubga sotib, ushbu transferdan kamida 20 million funt sterling ishlab olmoqchi. Forvardning xizmatlariga «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan mavsumda Gabriel Jezus barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta rezultativ uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Mikel Arteta jamoasi 16 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun bahsda «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi. APLning yangi mavsumini esa «kanonirlar» 21 avgust kuni «Koventri»ga qarshi o‘yin bilan boshlashadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0