«Manchester Siti» sport direktori Ugu Viana jamoa vingeri Jeremi Dokuning o‘sishiga baho berdi.
«Jeremi Doku — ulkan iste’dod egasi, uning 2023 yildagi transferidan beri ko‘rsatayotgan o‘sishi hammaga ayon. Unda bizga kerak bo‘lgan vingerga xos barcha sifatlar mujassam. U har kuni rivojlanishni xohlaydi, shu sababli yangi shartnomaga munosib edi», — deya funksionerning so‘zlarini keltiradi «shaharliklar» matbuot xizmati.
Avvalroq «Manchester Siti» 24 yoshli Doku bilan mehnat shartnomasini uzaytirgani haqida ma’lum qilingan edi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Doku barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va o‘z hisobiga 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0