Londonning «Chelsi» klubi Enso Fernandesning «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi fonida yangi yarim himoyachi sotib olish jarayonini jadallashtirdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» «Bornmut» a’zosi Aleks Skott va «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uorton o‘rtasida tanlov o‘tkazmoqda. Har ikkala o‘yinchi ham bir yildan ortiq vaqtdan beri «ko‘klar»ning radarlarida bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, ayni damda Angliya grandi har ikki futbolchi bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda.

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 1-turida «Chelsi» mehmonda «Fulxem» bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz