«Galatasaroy»ning nigeriyalik forvardi Viktor Osimxen Saudiya Arabistoni vise-chempionining e’tiborini tortmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Al-Hilol» bilan bog‘liq vositachi «Galatasaroy»ga Osimxen uchun ogzaki ravishda 130 million yevro taklif qilgan. Barchasiga qaramay, ayni damda Turkiya klubi nigeriyalik futbolchi bo‘yicha hech qanday muzokaralarga kirishishni rejalashtirmagani ta’kidlanmoqda.
O‘tgan yozda «Galatasaroy» Osimxenni «Napoli»dan 75 million yevroga sotib olgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda forvard barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0