Ikki vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islam Mahachev o‘zining jamoadoshi va hamyurti Usman Nurmagomedov dunyoning eng nufuzli tashkiloti tituli uchun kurashishga tayyor deb hisoblaydi.
«Usman juda yoshligidan beri biz bilan shug‘ullanib kelmoqda. U butun umri davomida men, Habib va boshqa jamoadoshlarimiz bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Men uning ertagayoq titul yoki da’vogarlik unvoni uchun jang qilishga tayyorligiga 100% aminman. Chunki unda yaxshi kurash, juda ajoyib zarba berish texnikasi va kuchli greppling bor. Mening fikrimcha, Usman PFL’da ajoyib ishni amalga oshirdi va u UFC’da ham ajoyib jang ko‘rsatishga tayyor», — dedi Mahachev matbuot anjumanida.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0